Harbiy xizmatchilarning farzandlari davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi

Foto: O‘zA
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a'zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
“Huquqiy axborot” kanalining xabar berishicha, qarorga muvofiq 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari uchun:
respublika oliy ta'lim muassasalariga umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlari kvotasidan tashqari, harbiy oliy ta'lim muassasalariga esa kursantlarning umumiy qabul sonidan 5 foizli davlat granti asosida qabul kvotasi ajratiladi.
Kvota asosida kirish hamda davlat granti asosida ta'lim olish huquqiga tegishli vazirlik va idoralarning tavsiyanomalariga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari ega bo‘ladilar.
Tavsiyanomalar harbiy xizmatchilarning bevosita boshliqlari (komandirlari) iltimosnomasiga asosan tegishli vazirlik tomonidan beriladi.
5 foizli kvota chegarasida harbiy xizmatchilarning farzandlarini qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi.
Qaror bilan 5 foizli qabul kvotasi quyidagicha taqsimlandi:
Mudofaa vazirligi – 44 foiz; Ichki ishlar vazirligi – 10 foiz; Favqulodda vaziyatlar vazirligi – 3 foiz; Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – 1 foiz; Davlat xavfsizlik xizmati – 30 foiz; Milliy gvardiya – 10 foiz; Prezidentning xavfsizlik xizmati – 2 foiz.
Bundan tashqari, 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab harbiy xizmatni o‘tashda halok bo‘lgan, shuningdek harbiy xizmatni o‘tashda yarador bo‘lgan, kontuziya, shikast olish natijasida nogiron bo‘lib qolgan yoki kasalliklarga duchor bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga davlat granti asosida tanlovsiz qabul qilinadi.
Shuningdek vazirlik va idoralarga 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab, oldin to‘lov-shartnoma asosida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga o‘qishga kirgan, harbiy xizmatni o‘tashda halok bo‘lgan ofitserlar, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlarning farzandlari uchun shartnoma pulini to‘lab berishga ruxsat berildi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

09:40 / 16.04.2025
AQSh O‘zbekistonga ajratiladigan grantni bekor qildi

16:57 / 14.04.2025
Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston ta’lim tizimiga 40 million dollar grant ajratadi

12:53 / 14.04.2025
Besh kunlik dars tizimi haqida pedagoglar qanday fikrda?

16:38 / 10.04.2025