2018 yilning 18 may kunidan 22 may kunigaça Andijon, Jizzax, Qaşqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farğona va Toşkent viloyatlarining toğ va toğoldi hududlarida sel kelişi xavfi mavjud. Bu haqda FVV Favqulodda vaziyatlarda boşqaruv markazi xabarida aytiladi.
Qayd etilişiça, ob-havo özgaruvçan, yoğingarçilik kutiladi, ayrim joylarida yomğir kuçli yoğişi va momaqaldiroq bölişi mumkin.
«Toğ va toğoldi hududlarida yaşovçi aholi diqqatiga!
Ehtiyot çoralarini körişingizni, hamda avariya va boşqa noxuş holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147-10-50 "Tezkor raqam”iga murojaat etişingizni iltimos qilamiz», - deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryoda sel oqibatida 5 kişi halok bölgani xabar qilingandi.

















