Özbekiston Respublikasining Qaşqadaryo viloyatida yuzaga kelgan sel oqimi oqibatida beş kişi halok böldi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.

«Joriy yilning 16 may kuni Qaşqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasidan olingan ma'lumotga asosan, şu kuni soat 06:30larda Çiroqçi tumani, «Mirzatöq» MFY, «Sariqqamiş» qişloğida kuçli yomğir natijasida sel oqimi yuzaga kelgan. Favqulodda vaziyat natijasida 5 nafar inson halok bölgan», - deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryoda kuçli yomğir tufayli 4ta xöjalikni suv bosgani xabar qilingandi.