«Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasining aviaparki navbatdagi yangi avlod samolyoti - Boeing 787 Dreamliner bilan töldirildi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: MAK axborot xizmati

Havo laynerini Özbekistonga Milliy aviakompaniya ekipaji: MAK Uçuv-uslubiy bölimi boş uçuvçi-yöriqçisi Iosif Zak, Boeing 787 Uçuvçilar otryadi komadir örinbosari Şahzod Ikromov hamda ikkinçi uçuvçi Olimjon Uzoqov olib kelişdi.

Aviakompaniyaning uşbu rusumdagi uçinçi avialayneri MAK aviaparkida mavjud bölgan avvalgi ikkita Boeing 787 Dreamliner’dan yölovçi örindiqlarining soni oşiqligi va ekipaj dam olişi uçun alohida bölinma taşkil etilganligi bilan farqlanadi.

Uşbu samolyotda ham aviakompaniyaning boşqa Boeing 787 Dreamliner havo kemalaridagi kabi yonilği tejaş samaradorligini oşiriş, şovqin darajasini pasaytiriş va atmosferaga CO2 ajrab çiqişini kamaytiriş imkonini beruvçi GE Aviation kompaniyasining GEnx-1B dvigatellari örnatilgan.

Foto: MAK axborot xizmati

Ikki klassli komponovkada işlangan samolyotning keng sahni 270 örindiqqa (biznes klassi - 24, iqtisodiyot klassi - 246) ega. 

Qayd etilişiça, laynerning qulay va keng örindiqlar, yangiça yoritiş va şovqin ötkazmaydigan tizimlar, pol qoplamalari hamda alohida har bir yölovçi uçun möljallangan individual köngiloçar dasturli monitorlar bilan jihozlanganligi «Özbekiston havo yöllari» yölovçilariga parvozlarini yuqori darajadagi qulaylikda, maroqli ötkazişlariga imkon yaratadi.

Boeing 787 Dreamliner - yangi avlod samolyotlari bilan töldirilişda davom etayotgan MAK flotining muhim elementi hisoblanadi. Istiqboldagi rejalarga köra, Milliy aviakompaniya parki 2020 yilga qadar uşbu rusumdagi oltita samolyotga ega böladi.