Jamiyat | 09:01 / 18.05.2018
14693
2 daqiqa o‘qiladi

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida suitsid holatlari qanchaga kamaydi?

Foto: Depositphotos

Bosh prokuratura tomonidan voyaga yetmaganlar huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ma'naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol toptirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda, deb xabar bermoqda mahkama axborot xizmati.

Qayd etilishicha, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik darajasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 35,9 foizga (239/373) va jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar sonining 37,9 foizga (289/466) kamayishiga erishilgan.

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida o‘z joniga qasd va suiqasd qilishning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida 01.05.2018 yil holatiga voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi suitsid holatlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 (163/153) taga kamaydi.

Qizlarni erta turmushga berish holatlarining oldini olish maqsadida erta turmushning salbiy oqibatlari va qonunchilikda belgilangan javobgarlik xususida 1.447ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi, 107ta holatda erta turmush qurishning oldi olindi, 3ta erta turmush qurish holati aniqlanib, 7 nafar aybdor shaxslar ma'muriy javobgarlikka tortildi.

Mavzuga oid