Özbekiston prezidentining “Davriy bosma naşrlar va kitoblarning majburiy bepul nusxalarini yuboriş tartibini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi farmoni loyihasi muhokama uçun joylaştirdi.
Hujjatda qayd etilişiça, bugungi kunda Özbekistonda 1139ta bosma ommaviy axborot vositasi, 138ta naşriyot va 1770ta matbaa taşkilotlari faoliyat yuritmoqda. Ularning qariyb 90 foizi xususiy sektor hissasiga töğri keladi.
Şuningdek, hujjatda sohada hal etilmagan muammolar saqlanib qolayotgani aytiladi:
birinçidan, naşrlarning nazorat va majburiy nusxalari soni yildan yilga sun'iy ravişda ortib bormoqda;
ikkinçidan, bepul nusxalarni oluvçi muassasa va taşkilotlarning bosma naşrlardan maqsadli foydalanmasligi hamda aksariyatida tegişli tartiblar işlab çiqilmaganligi kuzatilmoqda;
uçinçidan, bepul majburiy nusxalar viloyat va tumanlarning axborot-resurs markazlari hamda kutubxonalarga yönaltirilmaganligi oqibatida ularning fondlari zamon talablari asosida şakllanmaganligi va maktab öquvçilariga yangi naşrlar yetib bormayotganligi kuzatilmoqda;
törtinçidan, respublikada naşrlarning nazorat va majburiy nusxalari yetkazilişida zamonaviy axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan unumli foydalanilmayotganligi oqibatida qoğoz xom aşyosini maqsadsiz sarflaşga olib kelmoqda;
beşinçidan, kitob va davriy bosma naşrlarning bepul majburiy nusxalari uçun sarflanayotgan xarajatlar buyurtmaçilar hisobidan qoplanayotganligi sababli ular jiddiy moddiy zarar körmoqda, eng muhimi bu körilayotgan zararni qoplaş, hisobdan çiqarişni tartibga soluvçi birorta normativ-huquqiy hujjat mavjud emas;
oltinçidan, viloyatlarning çekka hududlarida joylaşgan ommaviy axborot vositalari, noşirlik va matbaa taşkilotlari uçun nazorat va majburiy bepul nusxalarini yuboriş bilan boğliq muammolar mavjudligi hamda qöşimça xarajatlarga olib kelişi kuzatilmoqda.
Sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'yektlarining iş samaradorligini oşirişga kömaklaşiş, ularga yengilliklar yaratiş va xususiy sektorni qöllab-quvvatlaş maqsadida:
Respublika axborot-kutubxona fondlarini bosma naşrlar bilan boyitiş, monitoring va axborot-tahlil işlarini olib boriş maqsadida 2018 yil 1 avgustdan boşlab:

















