Joriy yilning 18 may kuni soat 17:30 da Namangan viloyatining Kosonsoy tumani “Rovot”, “Guzar”, “Boğ” “Soyböyi”, “Xonqörğon”, “Yangişahar”, “Yangiyöl”, “Qozoqovul” va “Buloqboşi” mahallalari hududida kuçli jalali yomğir yoğişi natijasida 543 ta xovli qisman suv ostida qolgan.
Mahallalar hududidagi irrigatsiya tizimlari köp miqdordagi yomğir suvlarini siğdira olmaganligi sababli pastroqda joylaşgan xonadonlarga suv kirgan. Ijtimioiy soha obektlariga suv kirmagan. Aholini köçiriş işlari talab etilmagan.
Sel oqimlari oqibatlarini bartaraf etiş maqsadida Kosonsoy tumani hokimiyatida Favqulodda vaziyatlar, Içki işlar vazirliklari, tuman kommunal xizmatlari va boşqa tegişli idoralar vakillaridan iborat ştab taşkil etilib, kerakli kuç va vositalar, jumladan 42 ta texnika va 240 kişi safarbar etilgan.
Jabrlanganlar haqida ma'lumot tuşmagan.

















