Şu kunlarda Özbekistonning turli mintaqalarida ob-havo injiqliklari sababli sel kelgani va turli oqibatlarga sabab bölgani haqida xabarlar berilmoqda. Tahririyatimizga şunday tabiiy ofatlardan biri aks etgan videolavha kelib tuşdi. 

Hodisa Navoiy viloyati Navbahor tumanida sodir bölgan, «Olchin Agro Eksport» MÇJ xodimlari «Kun.uz»ga videolavha bilan taqdim etgan ma'lumotlarni asliça keltirişga qaror qildik. 

«Barçamizga ayonki, tabiiy ofat yuzaga kelgan hududlarda vaziyatni nazorat qiliş uçun tuman (şahar, viloyat) hokimlari ma'sul bölişadi. Ularning asosiy vazifalari tabiiy ofat oqibatida yetkazilgan zararni aniqlaş, uni bartaraf etiş va kelgusida tabiiy ofat oqibatlarini kamaytiriş böyiça kompleks çoralarni hayotga tatbiq etilişini nazorat qilişdan iborat.

Navbahor tumanida buning aksiga guvoh böldik. Sel kelib, oradan bir neça kun ötganiga qaramay, tuman mutasaddilari tomonidan tabiiy ofat kölami, uning oqibatlari, yetkazilgan zarar miqdori, qurbonlar bor-yöqligiga mutlaqo qiziqiş bildirilmadi.

Nobud bölgan mayda va yirik çorva mollarining sonini aniqlaşning imkoni yöq, biroq çorva mollari soniga yetkazilgan talofat yirik miqdorda, deyiş mumkin. Allohga şukrlar bölsinki, xöjaligimiz a'zolari örtasida qurbonlar bölmadi. Biz sarmoyador sifatida şu yerga Toşkentdan kelib, bir neça kun mobaynida ança tartib örnatişga erişdik. Lekin şu hudud mutasaddilari xabar ham olişmadi. El boşiga iş tuşganda tuman rahbarlari birinçi galda şunday muammolar bilan şuğullanişlari kerak emasmi?

Sel oqibatida asosan imoratlar zarar körgan bölib, uning miqdorini aniqlaş biz uçun muşkullik tuğdirmoqda. Bunday holatlarda, biz soliq tölovçilar sifatida hokimiyatdan biror yordam kutişga haqlimizmi, yoki «öz yoğimizga qovurilib» qolaveramizmi», deyiladi taqdimnomada.

Videoda sel boşlanişi va tabiiy ofatdan keyingi kunlardagi holat aks etgan. Qayd etiş örinliki, videoda fuqarolarning favqulodda holatlarda özlarini qanday tutişlari böyiça bilim saviyasi juda pastligi yaqqol namoyon bölgan.