Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 2018 yilning 1 sentabriga qadar aholiga atrof-muhit holati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkonini beruvchi sohadagi huquqbuzarliklar to‘g‘risida foto va videomateriallar joylashtiriladigan maxsus veb-portal ishga tushiriladi. Davlat organlari tomonidan bu holatlarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi. 

Tsellofan paketlar bilan bog‘liq taqiqlovlar va yangi maxsus veb-portal: Maishiy chiqindilar tizimi tartibga keltiriladi

Mazkur qarorda Davlat ekologik qo‘mitasiga Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda hududlarni ifloslantirganlik uchun shaxslarni javobgarlikka tortish, fuqarolar va mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirishning ta'sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish vazifasi topshirildi.