Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIVda Yevroittifoq delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2018 yilning 22 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yevropa Ittifoqi Kengashining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha Ishchi guruhi rahbari Yutta Edtxofer bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yu.Edtxofer mamlakatga tashrif buyurgan YeI delegatsiyasiga boshchilik qilmoqda. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, turli darajalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, alohida e'tibor O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim, shuningdek, YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi Strategiyasi loyihalarini ishlab chiqish masalalariga qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev oktabrda Bryusselga tashrif buyurishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:50 / 05.06.2026
YeIda ukrainalik qochqinlarni himoya qilish tartibi o‘zgarishi mumkin
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
08:48 / 03.06.2026
YeI ukrainalik erkaklar uchun vaqtinchalik himoya maqomini cheklashi mumkin
17:49 / 02.06.2026