Keyingi yarim yil içida Özbekiston fuqaroligi 1500 nafar kişiga berildi. Bu haqda Adliya vaziri örinbosari Mahmud Istamov Toşkentda ötkazilgan brifing çoğida ma'lum qilgan.
«Keyingi yarim yil içida biz 1500 kişini fuqarolikka qabul qildik. Bunday holat keyingi 20 yil içida kuzatilmagandi», – deya Istamovning sözlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.
Bundan avvalroq Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yilda 1000dan ortiq kişiga fuqarolik berilganini ma'lum qilgandi. Prezident fuqarolik taqdim etiş töğrisidagi birinçi qarorini 2016 yil dekabrida imzolagandi.
IIV ma'lumotiga köra, 1991 yildan 2007 yilga qadar bölgan muddatda jami 482 kişiga Özbekiston fuqaroligi berilgandi.
«Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida»gi qonun 1992 yilda qabul qilingan. Uşbu qonunning 4-moddasiga köra, kelib çiqişi, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, ma'lumoti, tili, siyosiy qaraşlari, diniy e'tiqodi, maşğulotining turidan qat'i nazar, Özbekiston Respublikasining fuqarosi böliş istagini bildirgan şaxslar fuqarolikka qabul qilinişi mumkin.
Fuqarolik söragan şaxs sönggi beş yil davomida Özbekiston Respublikasi hududida doimiy yaşagan bölişi kerak.
















