Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018 yildagi 371-son qarori bilan «Buyuk ipak yöli» xalqaro folklor musiqa festivalini taşkil etiş va ötkaziş tartibi tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
Festival 2019 yildan boşlab har 2 yilda yoz paytida bölib ötadi, uning yakuniy bosqiçi Marğilonda (Farğona viloyati) ötkaziladi. Festival ötkazişning aniq sanasi va muddatini uning taşkiliy qömitasi belgilaydi.
Taşkilotçilar – Madaniyat vazirligi hamda Farğona viloyati hokimligi. Festivalda quyidagi nominatsiyalar böyiça tanlovlar ötkaziladi:
• qöşiqçilik san'ati (alla, lapar, terma qöşiqlari, baxşiçilik va boşqalar);
• raqs san'ati (turli hududlarga xos xalq raqslari);
• milliy qadim folklor çolğuçilik san'ati.
Iştirokçilar soni folklor va çolğu jamoalarida – 12 nafardan, xalq raqsi ansambllarida 14 nafardan oşmasligi lozim.
Festival dasturi 3 bosqiçdan iborat böladi:
• festivalning I bosqiçi joylardagi hududlarda ötkaziladi. Ularning yakunlariga köra hududiy madaniyat boşqarmalari keyingi bosqiçlar uçun iştirokçilarni tavsiya etadilar. 10 mayga qadar Madaniyat vazirligiga tavsiya etilayotgan iştirokçiga oid ariza, ijodiy tavsifnoma, şuningdek ötkazilgan tadbir haqida bayonnoma, fotosuratlar va videotasvirlar taqdim etiladi;
• II bosqiç Toşkentda iyun oyining ikkinçi yarmida taqdim etilgan materiallar asosida alohida nominatsiyalar böyiça sirtdan tanlov şaklida ötkaziladi;
• yakuniy bosqiç Marğilonda ötkaziladi.
Har bir nominatsiya böyiça festival ğoliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
• 1-örin – 3 500 AQŞ dollari;
• 2-örin – 2 500 AQŞ dollari;
• 3-örin – 1 500 AQŞ dollari.
Xorijiy ijroçilar tanlov dasturida II bosqiçdan boşlab iştirok etadilar. Ular tegişli davlat taşkilotlari tomonidan Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalari qömitasi orqali taqdim etiladigan hujjatlar va materiallar asosida iştirok etadilar. Festival iştirokçilari vizalarni rasmiylaştirişda konsullik va boşqa yiğimlardan ozod qilinadilar.

















