Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Kim Chen Inga uchrashuv bekor qilingani haqidagi xatni shaxsan aytib turib yozdirgan
Foto: AFP/NICHOLAS KAMM
AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga yuborilgan maktub matnini shaxsan o‘zi aytib turgan. Qo‘shma Shtatlar rahbari ushbu maktubda Singapurda 12 iyun kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan sammit bekor bo‘lgani haqida ma'lum qilgandi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» Oq uydagi yuqori mansabli manbaga asosan.
«Prezident har bir so‘zni o‘zi aytib turdi», - degan manba.
Avvalroq, Tramp tvitterdagi sahifasida Kim Chen In bilan uchrashuvni bekor qilishga majbur bo‘lgani haqida yozgandi. Oq uy rasmiy pozitsiyasiga ko‘ra, Shimoliy Koreya hukumati muzokaralar o‘tkazishni xohlasa, siyosiy bayonotlarini sal yumshatishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval KXDRda yadroviy poligon buzib tashlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:07 / 13.05.2026
Donbass masalasi bo‘yicha Trampning bayonoti e’lon qilindi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026