Buyuk Britaniyaning Virgin Galactic kompaniyasi direktori 67 yoşli milliarder Riçard Brenson kosmosga parvoz qiliş va ilk kosmik turistlardan biri böliş istagini bildirdi. The Independent şu haqida xabar berdi.

Ta'kidlanişiça, kosmik turizmga möljallangan Virgin Galactic SpaceShipTwo kosmik raketoplanidagi ilk parvoz yaqin bir neça oyda amalga oşişi kutilmoqda.

Brenson tizim işonçliligini namoyiş etiş maqsadida uni şaxsan sinab körib, havo kemasining birinçi tijoriy yölovçisi bölişga tayyor. U hozirda bu parvozga maxsus tayyorgarlik jarayonlaridan ötmoqda.

Virgin Galactic rejalariga köra, kosmosga turistik parvozning umumiy vaqti 2,5 soatni taşkil qilişi kerak, şundan 5-6 daqiqani ekipaj vaznsizlikda ötkazadi. Kema çiptasi narxi 250 ming dollarni taşkil qiladi.