Yevrokomissiya plastmassadan tayyorlangan bir marta işlatiluvçi mahsulotni taqiqlab, qayta işlaşga yaroqsiz çiqindi uçun yiğim joriy qilmoqçi. Bu haqda Deutsche Welle ma'lum qildi.
Taqiqlov bir martalik idişlar, oşxona anjomlari, içimliklar uçun truboçkalar, uçiga paxta öralgan tayoqçalar va pufaklar uçun plastik mahkamlagiçlarga taalluqli böladi. Bundan taşqari, kafelarda yegulik uçun plastmassa qadoqlardan foydalanişni çeklaş rejalaştirilmoqda.
Yevrokomissar Gyunter Ettingerning fikriça, bunday çoralar plastmassa çiqindilar hajmini kamaytirişga yordam beradi.

















