Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Minglab odamlar Salohga jarohat yetkazgan Serxio Ramosni jazolashni talab qilishmoqda
Foto: Getty Images
Change.org platformasida Madridning “Real” klubi sardori Serxio Ramosni Chempionlar ligasi finalida “Liverpul” yetakchisi Muhammad Salohga to‘p uchun kurash vaqtida jarohat yetkazgani uchun jazolash talab qilingan petitsiya paydo bo‘ldi. Ayni vaqtda bu arznomani 197 ming kishi imzolagan.
Petitsiya UYeFA va FIFA nomiga bildirilgan. Uning maulliflari Ramos Salohga ataylab jarohat yetkazgan, deb hisoblashmoqda. Ularning fikricha, “Real” himoyachisi keyingi avlod o‘yinchilariga “dahshatli” o‘rnak ko‘rsatmoqda.
Saloh uchrashuvning 28-daqiqasida yelkasidan jarohat oldi. To‘p uchun kurashda Ramos Salohning qo‘lidan ushlab, uni maydonga “kurashchilarga xos tarzda” uloqtirgan. Buning oqibatida misrlikning yelkasi chiqib ketgan.
Misr sport vaziri Xolid Abdulaziz hujumchi 2 hafta ichida tiklanishini ma'lum qilgan. U Saloh jahon chempionatiga boradigan terma jamoa tarkibiga kiritilishi kerakligini qo‘shimcha qilgan. Ushbu tarkib 4 iyunda e'lon qilinadi.
Salohning maydonni tark etishi shubhasiz o‘yinning borishiga o‘z ta'sirini ko‘rsatgan. Natijada mersisaydliklar madridliklarga 3:1 hisobida imkoniyatni boy berishgan.
Mavzuga oid
23:35 / 11.12.2025
Saloh «yorildi»: muammo nimada?
20:53 / 09.12.2025
Salohning demarshi. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
19:26 / 07.12.2025
«Kimdir meni jamoada ko‘rishni istamayapti». Saloh shov-shuvli intervyu berdi
17:42 / 24.05.2025