17:48 / 29.05.2018
7903

Daraxtlar kesilishi qonuniyligini qayerdan nazorat qilish mumkin?

O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhit muhofazasi qo‘mitasi sayti (uznature.uz)da yangi rukn paydo bo‘ldi: "Xulosalar ro‘yxati. Daraxt va butalarni kesish bo‘yicha". Bu yerda tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan poytaxt tumanlari bo‘ylab daraxtlarni kesishga berilgan ruxsatnomalar reyestri taqdim etiladi. Saytda 2018 yilning yanvar oyi holatiga ko‘ra berilgan ruxsatnomalar joylangan. Ba'zi tumanlar bo‘yicha oxirgi ruxsatnomalar - fevral va mart oylarida, boshqalarida esa aprelda berilgan. Murojaat qilganlar — jismoniy va yuridik shaxslar, manzillar, daraxt turlari, ularning soni ko‘rsatilgan, deb yozadi Nataliya Shelpina. 

Davlat ekologiya va atrof-muhit muhofazasi qo‘mitasining bu qadami - uzoq kutilgan. O‘quvchilarga eslatish joizki, reyestrlarni yuritish Vazirlar Mahkamasining "Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiiy resurslardan foydalanishda ruxsatnoma olish tartibi to‘g‘risida"gi 290-sonli  qarorida (2014 y.) ko‘zda tutilgan. 

66, 67, 68-punktlarni keltiramiz: "Vakolatli organlar berilgan ruxsatnomalar reyestrini yuritishadi va ularni o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida joylashadi". 

Berilgan reyestrda tabiatdan foydalanuvchilar haqidagi asosiy ma'lumotlar - yuridik shaxslar nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli; jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ruxsat berilgan sana hamda raqam va boshqalar ko‘rsatiladi. 

Berilgan ruxsatnomalar reyestridagi ma'lumot yuridik va jismoniy shaxslar tanishib chiqishi uchun ochiq hisoblanadi.

Qo‘mitada yuritilayotgan reyestrda "oq dog‘lar" ham bor. Unda ruxsatnomalarning amal qilish muddati ko‘rsatilmagan.

Daraxt va butalarni noqonuniy kesishni nazorat qilish uchun fuqarolar yana nimalarni bilishlari muhim? Tabiatni muhofaza qilish organlari qachon veb-saytda ruxsatnomalar reyestrini to‘ldirishadi? Ekologlar va daraxtlarni kesuvchilar xatti-harakatlari shaffofligini ta'minlash uchun bu ishni ruxsat beruvchi hujjat imzolangan kuni amalga oshirgan ma'qul, deya xulosa qiladi muallif.

Top