Gulsanam va Mavluda (ismlari özgartirilgan) Kattaqörğon tumanining “Moybuloq” mahallasida yaşardi. Yon qöşnilarning orasida sönggi paytlarda raşk tufayli janjallar köpayadi. Gap şundaki, Mavludaning eri vafot etib, u ikki farzandi bilan beva qoladi, deb yozmoqda Zarnews.
Gulsanam eri Ahmadni unga raşk qila boşlaydi. Ustiga-ustak xöjayinining uni urişi Mavludaga nisbatan hasad va raşkini oşirardi.
Bir kuni Gulsanam özining kenja öğli bilan dökonga borayotib erini körib qoladi.
- Uyga qayt, rözğorga keraklisini özim olib boraman, - deb buyuradi Ahmad xotiniga.
- Qaytmayman, - deya öjarlik qiladi xotini.
Ahmad rafiqasi sözini ikki qilgani uçun unga tarsaki tuşirib, majburlab uyga olib kiradi va uni döpposlaydi.
Ikki kun ötib, Ahmad işga, Nozima maktabga ketgaç, uyida kenja qizi Nigina qolganiga qaramay, Gulsanam spirtli içimlik içib özini unutgisi keladi.
Ayolning kayfi oşgaç, alam alangasi yonadi. Közguga boqib u aksida yuzi, böyni, oyoği kökargan tahqirlangan ayolni köradi.
Şu payt tösatdan Mavludaning qizi – Gulnigor uyiga kirib keladi. U Gulsanamning kenja qizi bilan sinfdoş edi. “Xolajon, sizga nima böldi?” deya söraydi qizaloq qöşnisining kökarib ketgan badanini körib.
Beğubor bolaning savoli Gulsanamning ğazabini keltiradi. U xonadagi boltani olib qizga hujum qiladi. Birinçi zarbadan söng Gulnigor huşini yöqotib yerga yiqiladi. Ayol yana bir neça bor begunoh bolaning tanasiga bolta uradi. Gulnigor zarbalardan joyida halok böladi.
Bir oz vaqt ötib, qilgan işidan qörqib ketgan Gulsanam katta qizi Nozima bilan jasadni qişloq çetidagi axlatxonaga olib borişdi. Uning portfeli va kiyimini hojatxonaga taşlaşdi. Qotil qiziga bölgan voqea haqida heç kimga heç nima demasligini uqtirdi.
Mavluda qizi yöqolib qolganidan xavotirga tuşdi. Mahalla faollaridan boşlab içki işlar xodimlarigaça – barça oyoqqa turdi. Bir hafta davomida qizaloqning barça tanişlari, öqituvçilari va maktab direktori söroq qilindi. Içki işlar xodimlari bilan suhbatda Mavluda qizi qöşnisining farzandi bilan döst bölgani, ularnikiga tez-tez mehmonga borib turganini aytdi.
Içki işlar xodimlari Gulsanam hovlisidagi hojatxonada portfel va öldirilgan qizaloqning kiyimlarini, axlatxonada esa Gulnigorning maydalangan jasadini topişdi.











