OPeK bosh kotibi Muhammad Barkindoning ma'lum qilishicha, neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuv (OPeK+) doirasidagi mamlakatlar hamkorligi barqarorlik uchun kengayishi kerak. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«OPeK Ozarboyjon bilan hamkorlikni kengaytirish uchun istalgan imkoniyatlarni ko‘rib chiqishga tayyor. O‘ylashimcha, OPeK+ hamkorligi kengayishi lozim. Biz barqarorlik haqida o‘ylashimiz kerak, bu global vazifa», - deya aytib o‘tdi Barkindo.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bokuda «Janubiy gaz yo‘lagi» rasman ochilgandi.









