KUN.UZ tahririyatiga sönggi vaqtlarda bozor munosabatlari bilan boğliq muammolar böyiça murojaatlar kelişi köpaydi. Şunday murojaatlardan biri Toşkent viloyati, Yangiyöl şahridan yuborilgan. Murojaatni tadbirkor beva ayol Umrixon Meliboyeva yöllagan. Qisqaça aytadigan bölsak, Umrixon opaga qaraşli xususiy dökon hududi davlat ehtiyojlari uçun hokimiyat balansiga olingan. Biroq unga yetkazilgan zararni qoplaş va örniga yangi hudud berilişi masalasi hal etilmay qolmoqda. Murojaatni örganiş maqsadida Yangiyöl şahriga bordik. Umrixon opa bilan şaxsan suhbatlaşdik.
“Men «Yangiyöl non-rizq» MÇJ direktoriman. Xususiy tadbirkorlik bilan şuğullanaman. 2017 yil hokimdan bozor hududiga tutaş joydagi dökonim örniga öz hisobimdan «Yoşlar markazi» va zamonaviy dökonlar quriş uçun ruxsat söradim. Loyihamni körsatdim, ularga ma'qul keldi. Loyihani tasdiqdan ötkaziş uçun Toşkent viloyat arxitektura va quriliş boş boşqarmasiga jönatdim. Dekabr oyida jönatilgan loyiha fevralgaça kutildi. Natija bölmadi. Qönğiroq qilsak, kutib turişimizni aytişdi.
Şifoxonada davolanib turgan vaqtimda 220 kvadrat metr dökonim hududi ham heç qanday ogohlantirişsiz «boş reja»ga kiritilgan ekan. Hokimning yoniga kirib bir neça marta murojaat qilganimdan söng, boşqa hudud beriş masalasi körildi. Şaharning bir çekkasidan quruq joy körsatişdi. Men rozi bölmadim. Çunki u yerda savdo qilişning imkoni yöq edi. Ikkinçi murojaatda ham öşa joy körsatildi. Keyin bilsam, u yerdagi dökonim hududi boşqa bir tadbirkorga berilar ekan. “Nega boşqa tadbirkorga beriladi, menga nega berilmaydi, men ham davlat soliqlarini öz vaqtida tölasam, avval mening hududim edi-ku?”, deb hokimga murojaat qildim. “Mening mulkim boşqa bir tadbirkorga berilsa, bundan maqsad nima?”, deb savol berdim.

Toşkent viloyat arxitektura va quriliş boş boşqarmasi xodimi Mahmud ismli şaxs boş rejada nima bölsa şu quriladi, deb aytdi. Xafa bölayotgan joyim mening mulkim olinib, boşqa bir tadbirkorga berilmoqda. Men-çi? Meni qöllab-quvvatlaydigan insonim yöqligimi aybim? Qani adolat? Tadbirkor davlat himoyasida, degan gap amalda bölmayapti-ku. Savdo-sanoat palatasi va boşqa taşkilotlarga murojaat qildim. Heç biri aralaşmadi. Odatdagi mazmunda javob oldim. «Örganib çiqilsin», degan mazmunda. Prezidentimizdan boşqa heç kimdan umidim qolmadi”, - deb Umri opa bölib ötgan barça voqealarni sözlab berdi.
U yerdan çiqib şahar markazidagi bozor hududiga bordik. Buzilgan hududni öz közimiz bilan kördik. Bozor ma'muriyatidan izoh olişga urindik. Ular hokimiyatning çizgan çiziğidan çiqmasligini va intervyu bera olmasliklarini ta'kidlaşdi. Bozordan çiqib, hokimiyat binosiga bordik. Tuman hokimining örinbosari Fazliddin Kamoliddinov bilan şu masalaga aniqlik kiritdik.



















