Bu Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018 yildagi «2018–2019 yillarda zamonaviy kinoteatrlar tarmoğini barpo etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi 372-son qarorida nazarda tutilgan.
 
Norma’ning yozişiça, hujjat bilan tegişli Çora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Unda respublika böyiça 12 ta 2 qavatli, 25 ta 1 qavatli va 12 ta yozgi kinoteatrlar quriş nazarda tutilgan. Ularning loyihalari namunaviy böladi.
 
Kinoteatrlarni taşabbuskorlar – tadbirkorlik sub'yektlari quradilar, ularni «Özbekkino» MA, Özmilliybank (TIF MB), şuningdek Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari 1.06.2018 yilgaça belgilaydilar. Hokimliklar quriliş uçun ustun darajada madaniyat va istirohat boğlari hududidagi yerlarni ajratadilar. U yerda avtotransportni vaqtinça saqlaş joylarini taşkil etiş, tutaşib ketgan hududni obodonlaştiriş, elektr, gaz, suv ta'minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga ulaş çoralarini ta'minlaşga ham töğri keladi.
 
Vazifani amalga oşirişda biznesga quyidagi şartlarda beriladigan imtiyozli kreditlar yordamga keladi:

•  kredit mablağlari miqdori – loyiha qiymatining 75%igaça;
•  foiz stavka – qayta moliyalaştiriş stavkasining ½ qismi (şarh e'lon qilingan paytda MB stavkasi – yillik 14%);
•  kreditning umumiy muddati – 5 yilgaça;
•  imtiyozli davr – 1 yilgaça. 
 
Kinoteatrlar mamlakat hududida ommaviy namoyiş qiliş maqsadida kinoteatrlarga xorijiy va mahalliy kino mahsulotlarini onlayn yetkazib berişni ta'minlaydigan yagona kinoprokat elektron tarmoğiga kiradi. Buning uçun «Özbekkino» MA tadbirkorlarga kinoteatrlarni jihozlaş uçun zarur bölgan asbob-uskunalarning namunaviy parametrlarini taqdim etadi.
 
Hujjat 24.05.2018 yildan kuçga kirdi.