Samarqand viloyat IIB xodimlari 82 yoşli otaxonning uyida saqlanayotgan 56 kg giyohvandlik vositasini aniqladi.

Viloyat hududida ötkazilayotgan «Qora dori–2018» tadbiri davomida Iştixon tumani «Barlos» MFYga qaraşli Hasan-Husan qişloğida yaşovçi, 1936 yilda tuğilgan fuqaro A.S.ning yaşaş uyi va yordamçi xöjalik tomorqasi közdan keçirilganida, yaşaş uyini orqa tomonidagi uzumzorining 33 kv.m maydonida jami 375 tup köknor giyohvandlik ösimligini ekib, parvarişlab kelayotganligi, şuningdek, yaşaş uyi va oğilxonasining çordoqlarida yoyib, quritilayotgan jami 56 kilogramm ötkir hidli, yaşil rangli, «köknor» giyoxvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Foto: Samarqand viloyat IIB
Foto: Samarqand viloyat IIB

Mazkur holat yuzasidan Iştixon tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.