Xitoylik politsiyaçilar ijtimoiy rolikda öz-özini muhofaza qilişning eng yaxşi usulini namoyiş qilişdi. Ularning fikriça, bu usul piçoq bilan hujum qilişi mumkin bölganlarga qarşi qöllaşga möljallangan. Rolik hajviy yönalişda olingan, biroq ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari taklif qilingan usulning ijobiy tomonlari va kamçiliklarini jiddiy tahlil qilişga qaror qilişgan körinadi.
Hujum amalga oshirilgan taqdirda qanday harakat qilish kerakligiga doir video YouTube'ning New China TV kanaliga joylangan.
Izohlarda uning Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida 16 million martadan ortiq körilgani ma'lum qilingan. Rolikda politsiyaçilardan biri - hujumga tayyorlanayotgan bezori, ikkinçisi esa tinç aholi rolida namoyon bölgan. Piçoqni körgan ikkinçi politsiyaçi orqaga ögirilib, yordam sörab qiçqirgança qoçadi.
Reddit foydalanuvçilarining aksariyati taklif qilingan usul boşqa muhofaza usullaridan işonçliroq körinişiga qöşilişgan. Biroq ularning orasida piçoq bilan hujum qilayotgan kişiga orqa ögirib qoçişni ma'qullamaganlar, bunday holatni xavfli deb topganlar ham böldi.
















