Özbekiston Respublikasi prezidentining «Istiqbolli boşqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olişning zamonaviy tizimini yaratiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Qaror matniga köra, istiqbolli boşqaruv kadrlarining tizimli asosda tanlab olinişini ta'minlaş maqsadida Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi va «Buyuk kelajak» xalqaro nodavlat notijorat taşkilotining 3 yilda bir marta istiqbolli boşqaruv kadrlarini tanlab oliş böyiça “Taraqqiyot” respublika tanlovini ötkaziş töğrisidagi taklifi ma'qullanmoqda.

Belgilab qöyilmoqdaki:

  • tanlovda tayanç oliy ma'lumotga va tegişli sohada rahbarlik lavozimida kamida uç yil iş tajribasiga ega, 30 yoşdan 45 yoşgaça bölgan (45 yoş ham qöşilgan holda) Özbekiston Respublikasi fuqarolari iştirok etişi mumkin;
  • Respublika komissiyasi tanlovni ötkaziş bilan boğliq tadbirlarga vazirlik va idoralar, boşqa davlat taşkilotlari vakillarini, şuningdek, yetakçi olim va mutaxassislarni, jumladan, xorijiy olim va mutaxassislarni jalb etiş huquqiga ega;
  • Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi Respublika komissiyasining işçi organi hisoblanadi;
  • tanlovning xolisona va şaffof ötkazilişi, şuningdek, nomzodlarning sifatli va xolisona tanlab olinişi, qöyiladigan talablarga ularning muvofiqligi uçun javobgarlik Respublika komissiyasi zimmasiga yuklanadi.

Tanlov ğoliblariga eng kam iş haqining 50 baravari miqdorida, final bosqiçining qolgan iştirokçilariga esa – eng kam iş haqining 25 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti tölanadi. Bunda tanlov final bosqiçining qolgan iştirokçilari tegişli sohaning boşqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladi;

Tanlov ğoliblari Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi hamda Korporativ boşqaruv ilmiy-ta'lim markazi bazasida tegişli sohaga oid vazirliklar, idoralar, yirik kompaniyalar rahbarlari, mahalliy va xorijiy yuqori malakali mutaxassislar hamda olimlar iştirokida ötkaziladigan, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid taşkilotlarida tanlovning tegişli nominatsiyalari yuzasidan stajirovka ötaşni öz içiga oladigan «Boşqaruv kadrlarini tayyorlaş böyiça Prezident dasturi»ga muvofiq uç oylik kurslarda öqiydilar;

Tanlov ğoliblari «Boşqaruv kadrlarini tayyorlaş böyiça Prezident dasturi»ga muvofiq uç oylik kurslarni ötagandan keyin tegişli yönalişlar böyiça davlat taşkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi;