Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi Rossiyaga yo‘l oldi
Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami, jahon chempionati uchrashuvlarini boshqarish miqdori bo‘yicha rekord sohibi Ravshan Ermatov bugun yordamchilari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov bilan birga Rossiyaga yo‘l oladi, deb xabar bermoqda O‘FA sayti.
Ana shu safar oldidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Ravshan Ermatov va uning guruhini qabul qildi va ularga oq yo‘l tiladi. O‘z navbatida, Ravshan Ermatov va uning guruhi ko‘rsatilgan e'tibor va ishonch uchun katta minnatdorchilik bildirib, o‘zbek hakamlarining saviyasini butun dunyoga yana bir bor ko‘rsatish uchun jahon chempionatida bor mahoratini ishga solishga va'da berishdi.
Qayd qilish joizki, jahon chempionatida Ravshan Ermatov guruhidan tashqari, komissar sifatida Olim Arifov hamda hakamlar nazoratchisi sifatida Farhod Abdullayev ham ishtirok etishadi. O‘zbek futboli tarixida birinchi marta jahon chempionatida bosh hakam, laynsmenlar, hakamlar nazoratchisi va uchrashuv komissari to‘liq tarkibda ishlashadi.
Mavzuga oid
21:35 / 06.05.2022
O‘zbek sportining 30 yillik tarixidagi eng yaxshilar taqdirlandi
16:59 / 27.10.2021
«Oshing halol bo‘lsa, ko‘chada ye». Ermatov ishtirokida o‘tgan muhokamada ikki hakam xatosini tan oldi, Asimov va Serazitdinov qarorini tushuntirdi
11:55 / 12.04.2021
Ravshan Ermatov yangi lavozimga tayinlandi
12:50 / 06.04.2021