Yadroviy qurolni taqiqlaş xalqaro kompaniyasi (ICAN) Şimoliy Koreya yetakçisi AQŞ prezidenti bilan Singapurdagi uçraşuvda töxtaydigan mehmonxona haqini tölab berişga tayyorligini bildirdi.

Uçraşuv 12 iyunda bölib ötişi rejalaştirlgan. Avvalroq uçraşuvga tayyorgarlik vaqtida Kim Çen Inning mehmonxona xarajatlarini tölaş yuzasidan muammo yuzaga kelgandi.

“Bizning harakat yadroviy qurollarni yöq qilişga sodiq va bu tarixiy sammit tinçlik va yadroviy qurolsizlantiriş işiga kömak berişda bizning avlod uçun yagona imkoniyatdir. Tinçlik uçun Nobel mukofoti pul mukofotini ham öz içiga oladi va biz bu mablağlarni Koreya yarimorolidagi tinçlikni qöllab-quvvatlaş uçun sarflaşni taklif qilmoqdamiz”, deb aytilgan ICAN bayonotida. 

ICAN 2017 yilda tinçlik uçun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.