Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu bir shart bilan “Real”da qolishga rozi
Foto: EPA
“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu maoshi 4 marta oshirilsa, Madridda yana 3 yilga qolishga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda Corriere dello sport nashri xabar qilmoqda.
Futbolchining maoshi 2021 yozida tugaydigan amaldagi shartnomasiga ko‘ra, yiliga 21 mln yevroni tashkil qiladi.
Ronaldu o‘z agenti Jorjye Mendeshdan agar unga yiliga 80 mln yevro to‘lansa, “Real”da qolishga tayyorligini klub prezidenti Florentino Peresga yetkazishni iltimos qilgan. Shu bilan birga futbolchi shartnoma kamida 3 yilga tuzilishini istamoqda. Shu tariqa, futbolchining yangi shartnomasi klubga 240 mln yevroga tushishi mumkin.
Avvalroq Ronalduni sotib olishga “PSJ” qiziqish bildirayotgani ma'lum qilingandi. Parij klubi futbolchiga yiliga 45 mln yevrolik maosh berishga tayyor.
Mavzuga oid
13:22 / 18.02.2026
«Real» o‘yini 10 daqiqaga to‘xtab qoldi, «Galatasaroy» 5 ta gol urdi. Kun o‘yinlari
13:39 / 15.02.2026
«Real»da yirik g‘alaba, Italiya derbisida hakamlik mojarosi. Kun o‘yinlari
11:47 / 15.02.2026
Ronaldu boykotni to‘xtatdi va maydonga qaytdi
14:09 / 09.02.2026