4 iyun kuni Milliy olimpiya qömitasida Özbekiston şaxmat federatsiyasining navbatdan taşqari hisobot-saylov konferensiyasi taşkil qilindi. Unda Butunjahon şaxmat federatsiyasi rahbari Kirsan Ilyumjinov, Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Şoakrom Isroilov, Özbekiston şaxmat federatsiyasi mutasaddilari iştirok etişdi.
Federatsiya raisi lavozimiga Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha va boşqaruv Milliy agentligi direktorining birinçi örinbosari Dmitriy Romanoviç Li nomzodi ilgari surildi. Konferentsiya iştirokçilari bir ovozdan D.Li nomzodini qöllab-quvvatladilar. Şu tariqa, Dmitriy Li Özbekiston şaxmat federatsiyasining yangi raisi etib saylandi.
«Bildirilayotgan işonç uçun rahmat aytaman. Özbekistonda şaxmatga oid prezident qarori bor. Özbek şaxmatini qöllab-quvvatlaş, yordam beriş uçun barça çorani amalga oşiraman. Şaxmat insonning intellektual, mantiqiy fikrlaşini rivojlantiradi», – dedi Dmitriy Li.
Şundan söng, Butunjahon şaxmat federatsiyasi va Özbekiston şaxmat federatsiyasi nizomiga binoan, şu yil Batumida bölib ötadigan FIDE prezidentlik saylovi uçun Özbekiston şaxmat federatsiyasi nomidan 1995 yildan beri uşbu taşkilotga rahbarlik qilib kelayotgan, yetti marotaba FIDE prezidentligi lavozimiga qayta saylangan Kirsan Ilyumjinov nomzodini ilgari suriş masalasi körildi. Konferentsiya qatnaşçilari bir ovozdan Kirsan Ilyumjinov nomzodini FIDE prezidentligi uçun nomzod sifatida qayd etişgan.

















