1 iyun kunidan Toşkent metropolitenida suratga tuşişga va videoga olişga rasman ruxsat berilgan.

Metropolitendan foydalaniş qoidalarining foto- va videos'yomkalarni taqiqlovçi 5.11-bandi yopib qöyilgani holda «Yölovçilarning huquqlari» bölimida 4.2-band paydo bölgan: «Foto-video suratga olişga ruxsat etiladi». 

Bundan taşqari, ayrim bekatlarga tekin WI-FI xizmati ham örnatilgan, bunda faqat har qanday holatda ham xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qiliş söraladi.

Ötgan yillar mobaynida metropolitendan foydalaniş qoidalari 5.11 bandiga köra metropolitenda fotoapparat, videos'yomkalar va boşqa texnikalardan foydalaniş taqiqlangan edi.

Toşkent metropolitenini quriş işlari 1972 yilda boşlangan. Hozirda jami 29ta bekat Toşkent şahri aholisiga xizmat qilmoqda. Metropolitenda poyezdlar 40-65 km/soat tezlikda harakatlanadi. Bir kunda uşbu xizmatdan 300 mingdan ortiq kişi foydalanadi. Metropolitenda eng sönggi özgarişlardan biri «Bunyodkor» bekati nomi «Xalqlar döstligi»ga özgartirilgani böldi.

Toşkent metropoliteni mutaxassislarning fikriga köra 9 ballik zilzilaga doş beradi.

"Milliy boğ" metro bekati
"Xalqlar döstligi" metro bekati
"Xalqlar döstligi" metro bekati
"Xalqlar döstligi" metro bekati