Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Avstriyaga tegişli ORF telekanaliga bergan intervyusida, jurnalist bir neça marotaba uning sözini bölib qöydi. Rossiya yetakçisi bunga javoban sabr qiliş va uni oxirigaça eşitişni söradi hamda nemis tiliga ötib ketdi.

«Agarda siz sabr qilib, meni oxirigaça eşitsangiz, unda mening bu masala böyiça fikrimni bilib olasiz. Maylimi?» - degan Putin. U jurnalistning Donbassda MH17 reysini amalga oşirgan Boeing samolyoti halokati haqidagi savoliga şunday reaksiya bildirgan. Boşlovçi Putinning javobini oxirigaça eşitişga sabri çidamay, bu masala böyiça pozitsiyasini aniqlaştirişga uringan.

Putin Qrimda Rossiya kuçlarining 2014 yildagi iştiroki böyiça savolda ham öz sözini bölmaslikni söragan. «Bir soniya, menga javob qaytarişga imkon bering. Siz töxtamasdan savol berişni xohlaysizmi yoki mening javoblarim ham qiziqtiradimi?» - degan u.

Rossiya yetakçisi oxir-oqibat nemis tiliga ötib, suhbatdoşiga öz fikrini tuşuntirişga harakat qilgan. «Menga javob qaytarişga imkon bering. Seien Sie so nett, lassen Sie mich etwas sagen ("Menga nimadir aytişga imkon bering")», - degan Putin.

Töliq intervyuni uşbu havola orqali körişingiz mumkin. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Putin Rossiya Koreya yarim orolidagi vaziyat yaxşilanişi uçun barçasiga tayyor ekanini bildirgandi.