AQŞ prezidenti Donald Trampning yordamçisi Kelli Sedler Oq uyda boşqa işlamasligi ma'lum qilindi. Sedler may oyida jurnalistlar bilan suhbatda saratondan aziyat çekayotgan senator Jon Makkeyn haqidagi sözlari bilan yodda qolgandi: “Senator Makkeynning FQB rahbari tayinlanişi borasidagi fikri muhim emas, çunki uning umri oz qoldi”.

“Kelli Sedler prezident ma'muriyatida boşqa işlamaydi”, deb qisqagina izoh bergan Sedlerning böşatilişiga Oq uy matbuot kotibi örinbosari Raj Şax. 

Tramp ma'muriyati Sedlerning Makkeyn haqidagi sözlari uçun uzr söraşiga töğri kelgan, Tramp esa senatorning soğliği haqidagi ma'lumotlarning çetga çiqib ketişida aybdorlarni topişga va'da bergan. Senatorning yaqinlari esa Sedlerning böşatilişini talab qilişgandi.