4 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida yashovchi A.U.ning uyidan boshida jarohatlari bilan ayol kishining jasadi topilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ko‘rilgan choralar natijasida jasad R.U. ismli ayol ekanligi va ushbu jinoyatni uy egasi A.U. sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan.











