Rossiya Federatsiyasining “Rostex” oddiy turdagi qurollar, öq-dorilar va maxsus kimyo böyiça davlat korporatsiyasining sanoat direktori S.Abramov boşçiligidagi delegatsiya 2018 yilning 2-5 iyun kunlari Özbekistonda taşrif bilan böldi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar qilmoqda.
Taşrif davomida Özbekiston Respublikasining Mudofaa sanoati böyiça davlat qömitasi raisi bilan mudofaa sanoati böyiça muzokaralar ötkazilgan. Şuningdek, Davlat çegaralarini qöriqlaş böyiça qömita va Davlat xavfsizlik xizmati rahbariyati bilan uçraşuv taşkil etilgan.
Bundan taşqari, “Rostex” delegatsiyasi Özbekiston Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi hamda Içki işlar vazirligi rahbariyati bilan uçraşuv ötkazgan.
Ötkazilgan uçraşuvlar yakuni böyiça amaliy bayonnoma imzolangani aytilmoqda.

















