Sönggi vaqtlarda iqtisodiyotning turli sohalarida bölayotgani singari qişloq xöjaligida ham islohotlar jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Dehqonlar va fermerlarga yuqori daromad olişlari uçun keng imkoniyatlar taqdim etilmoqda. Qişloq xöjaligini rivojlantirişga doir sa'y-harakatlar olib borilişi barobarida qişloq xöjaligi uruğçiligiga ham jiddiy e'tibor berilmoqda. Elu-yurtda “Sara uruğ — hosili böluğ”, degan maqol ham bejizga aytilmagan. Bu sara uruğ yerga qadalsa, hosili ham möl bölişini anglatadi. 

Tajribali dehqonlar va fermerlar albatta şu qoidaga amal qilgan holda sifatli uruğlarni yerga qadasa, albatta közlagan hosilini olişi şubhasiz. Bunda esa, bir neça yillardan beri sifatli uruğ yetkazib beriş sohasida faoliyat yuritib, bu sohaning past-balandini biluvçi AGROHOUSE kompaniyasi yordamga keladi.

AGROHOUSE kompaniyasi oliy navli, yuqori sifatli uruğlar, ösimliklarni turli zararkunanda, haşarotlar va kasalliklardan himoya qiliş vositalari, öğitlar, ösimliklar hosilini möl qiluvçi va östiruvçi stimulyatorlar yetkazib beriş bilan şuğullanib keladi.

Bundan taşqari, kompaniya tomonidan taklif etiladigan, qişloq xöjaligida qöllaniladigan aksessuarlar va asbob-uskunalari dunyoning eng ilğor işlab çiqaruvçilari tomonidan import qilinadi va mahalliy bozorlarga yetkazib beriladi.

AGROHOUSE  faoliyatining dastlabki yillaridanoq sifat, innovatsion yondaşuv va a'lo darajada xizmat körsatişni öz ustuvor yönalişi sifatida belgilab olgan.

Kompaniya Özbekiston va Qozoğiston fermer va dehqonlariga Gollandiyaning ENZA ZADEN, Vitalis Organic Seeds, TAKII Europe va Germaniyaning (Feltzaaten Fraydenberger) Feldsaaten Freudenberger Seeds kabi kompaniyalarining mahsulotlarini taklif etadi. Kompaniya sifatli uruğlari bilan yaxşi tanilgan ENZA ZADEN firmasining Özbekistondagi distribyutori hisoblanadi.

AGROHOUSE, şuningdek sifatli sabzavot uruğlaridan taşqari, Yaponiya, Germaniya, AQŞ, Şveytsariyadagi dunyoga donği ketgan yirik kimyo majmualari işlab çiqargan ösimliklarni himoya qiliş vositalarini ham taklif etadi.