Jismoniy shaxslardan qabul qilishga ruxsat etilgan rangli metallar parchalari ro‘yxati tasdiqlandi
|16:40 / 08.06.201820 1683 min
Foto: FotoliaFoto: Fotolia
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan jismoniy shaxslardan qabul qilishga ruxsat etilgan maishiy maqsaddagi rangli metallar parchalari ro‘yxati tasdiqlandi.
Ular:
1. Avtotransport akkumulyatorlari va avtotransport texnikasiga ehtiyot qismlar
2. Alyuminiy bidon, flyaga, kanistrlar
3. Alyuminiy qayiqlar
4. Alyuminiy deraza va eshiklar
5. Changilar uchun alyuminiy tayoqlar va qayishlar
6. Alyuminiy spinning va g‘altaklar (katushki)
7. Antennalar
8. Bareleflar
9. Batareykalar
10. Ichki yonuv dvigatellarning bloklari va dizelli dvigatellar
11. Bra
12. Soqol olish asboblari
13. Maishiy elektr ventilyatorlar
14. Vazalar
15. Vannalar
16. Ilgaklar
17. Avtomobil va traktor generatorlari, startyorlari
18. Tarozi toshlari
19. Gaz gorelkalari
20. Gotovalnyalar
21. Umumiy foydalanish maishiy asboblarining detallari
22. Gaz kolonkalarining detallari
23. Avtomobil, mototsikl, motoroller va velosipedlarning detallari va aksessuarlari
24. Changyutgichlarning detallari
25. Radioapparatura, televizor, magnitofonlarning detallari
26. Sovutgichlarning detallari
27. Bolalar o‘yinchoqlari
28. Chovlilar (durshlag)
29. Akvalangistlarning nafas olish aksessuarlari
30. Yondirgichlar
31. Qulflar
Mavzuga oid
32. Qozonlar
33. Chilchiroqlar (kandelyabr)
34. Karnizlar
35. Kastryullar
36. Kerogaz
37. Kalitlar
38. Suv isitish kolonkalari
39. Berkitish va qadoqlash uchun qalpoqchalar, tyubiklar, zarqog‘oz (folga)