Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» uch kunlik vaqtinchalik sulh haqida e'lon qildi
«Tolibon» radikal harakati Ramazon Hayiti bayrami vaqtida uch kunlik sulh ro‘y berishi haqida e'lon qildi. Bu haqda Pajhwok agentligi xabar tarqatgan.
«Shuningdek, «Tolibon» Ramazon Hayiti uch kuni davomida vaqtinchalik sulh haqida e'lon qildi», - deya xabar berishgan agentlikdan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ramazon oyi yakunlanishi va Ramazon Hayiti bayrami tufayli «Tolibon» radikal harakati bilan vaqtinchalik sulhga erishilgani haqida ma'lum qilgandi.
«Sulh «Tolibon»ga zo‘ravonlik kampaniyasi odamlarni o‘ziga tortmasligi, balki afg‘on xalqi bu g‘oyalardan yanada itarib tashlashini tushunishi uchun imkoniyat sanaladi», - deyilgan prezident xabarida.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026