O‘zbekiston | 12:11 / 10.06.2018
10283
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni Tsindao shahrida Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev Mamnun Husaynni Pokistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo bo‘lgani bilan tabriklab, bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishda muhim omil bo‘lishini ta'kidladi.

Uchrashuvda savdo, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Mavzuga oid