Özbekiston suvereniteti va mustaqilligini saqlaş hamda mustahkamlaş prezident Islom Karimovning hamişa yuksak maslagi sanalgan va siyosatining asosiy tamoyiliga aylangan. Bu haqda 30 aprel kuni Tatyana Karimova Özbekiston mustaqilligi asosçisi xotirasiga bağişlangan anjumandagi sözida aytib ötdi.
“Özbekistonning yangi tarixi, jumladan, mamlakatning mustaqillikka erişişi Islom Karimovning hayoti, faoliyati hamda merosi bilan çambarças boğliqdir. Uning yuksak davlatçilik tafakkuri, kelajak qadamlarni oldindan hisoblab çiqiş salohiyati Özbekistonda ham, xorijda ham munosib e'tirof etilgan”, – deb qayd etdi birinçi prezidentning rafiqasi.
“Islom Karimov juda murakkab va öta ziddiyatli davrda davlat tepasiga keldi. Öşa vaqtda respublika fuqarolar uruşi, millatlar va konfessiyalar örtasidagi töqnaşuv yoqasida turgan edi. Ta'bir joiz bölsa, ölka alanga içida qolgan, ayrim joylarda qon ham tökilgan edi. Özbekiston uçun mamlakatni yuzaga kelgan boşboşdoqlikdan olib çiqib keta oladigan yetakçi juda ham zarur edi. Ana şu pallada Islom Karimov zalvorli mas'uliyatni jasorat ila öz zimmasiga oldi”, – deya fikrlarini davom ettirdi Tatyana Karimova.
“Karimov rahbarligida milliy ğurur va xalqning qadr-qimmati, uning boy tarixi, madaniyati hamda ma'naviy qadriyatlari tiklandi. Prezident Karimov köp bora ta'kidlaganidek, yagona maqsad va ğoyaga ega bölmagan jamiyat halokatga mahkumdir, u ham içki, ham taşqi duşmanlar qölida öyinçoqqa aylanadi. Milliy istiqlol mafkurasi esa insonlarni mamlakat mustaqilligini mustahkamlaş, Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligini ta'minlaş kabi ezgu maqsadlar yölida birlaştiradi”, – deb ta'kidladi Tatyana Karimova.
“Karimov ma'rifiy öqişlari: Islom Karimov – mustaqil davlat asosçisi” deb nomlangan respublika ilmiy anjumani birinçi prezident nomidagi yodgorlik majmuasi va Karimov Fondi tomonidan, Samarqand viloyat hokimligi hamda Samarqand davlat universiteti kömagida taşkil etildi. Anjumanda tarixçi, siyosatşunos, jurnalist hamda ilmiy doira vakillari jam böldi.
Ma'rifiy tadbirda Özbekiston ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotini takomillaştiriş, jamiyatni modernizatsiyalaş, bozor iqtisodiyotini şakllantiriş, tarixiy-me'moriy merosni asrab-avaylaş hamda Örta Osiyo mutafakkirlari merosini örganişda Islom Karimovning örni kabi mavzularda ma'ruzalar tinglandi.















