AQŞ prezidenti Donald Trampning ayni damda boşqa işlaşga töğri kelmaydigan istalgan hujjat yoki qoğozni yirtib taşlaş odati borligi sababli yirtilgan qoğozlarni avvalgi holatidek yopiştirib çiquvçi maxsus yordamçilari bölgan. Bu haqda Politico naşri xabar bermoqda.
AQŞ qonunçiligiga köra, Oq uy har qanday hujjat, hisobot, maktub va boşqa qoğozlarni saqlab, ularni milliy arxivga jönatişi lozim.
Biroq Trampni bu odatidan qaytarib bölmagandan keyin Oq uyda yirtilgan qoğozlarni bir-biriga yopiştiruvçi yordamçi paydo bölgan. Rasman bu lavozim yiliga 66 ming dollarlik maoş bilan “hisobotlarni boşqariş böyiça tahlilçi” deb atalgan.
Bu lavozimni egallagan va davlat xizmatida 30 yil işlagan Solomon Lertining naşrga sözlab berişiça, u faoliyati davomida avval bunday holatga heç ham duç kelmagan. “Bizga bir uyum yirtilgan qoğozlarni olib kelişardi, biz bu qoğozlar orasidan tegişli parçalarni topib, ularni skotç bilan birlaştirib çiqişimiz kerak edi. Gohida bu qoğozlar qoq örtasidan yirtilgan bölgan, biroq aksariyat hollarda ular konfetti kabi maydalab taşlangan bölardi. Bu mozaika yiğişga öxşaş edi”, deb sözlab bergan Lerti. Uning ta'kidlaşiça, u bu işni bir özi qilmagan, bu iş bilan butun boşli bölim şuğullanişiga töğri kelgan.
Joriy yil bahorida Lertini öz lavozimidan heç qanday tuşuntirişlarsiz böşatib yuborişgan, Tramp ma'muriyati bu vaziyat böyiça izoh berişdan boş tortgan.

















