Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi tomonidan «Metsenatlik faoliyati va madaniy homiylik töğrisida»gi qonun loyihasi işlab çiqildi. Ayni vaqtda hujjat QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.

Norma’ning yozişiça, hujjat qabul qilinişi bilan metsenatlik faoliyati sub'yektlarining huquqiy maqomi, metsenatlik faoliyati va madaniy homiylikni amalga oşiriş tartib-taomillari belgilanadi. Loyihada metsenatlik faoliyatida metsenatlik madadi şaklini tanlaş va uni amalga oşirişda erkinlikni çeklaş taqiqlanişi nazarda tutiladi.
 
Şartnoma asosida

Metsenatlik faoliyati metsenat va benefitsiar örtasidagi şartnomaga köra amalga oşiriladi. Şartnoma yozma şaklda rasmiylaştiriladi, jismoniy şaxslar tomonidan ekvivalenti 1000 AQŞ dollarigaça bölgan summada metsenatlik madadi körsatiş holatlari bundan mustasno. Metsenat va metsenatlik madadini oluvçi örtasidagi şartnomada metsenatlik faoliyatining maqsadi, yönalişi, şakli, şartlari va mazmuni belgilanadi.
 
Metsenatlik faoliyatiga çeklov

Qonunda quyidagi holatlarda metsenatlik madadini körsatiş rejalaştirilmoqda:

• benefitsiar faoliyati uning ustav hujjatlariga muvofiq soni çeklanmagan şaxslar va şaxslar guruhiga tatbiq etilganda;
• benefitsiar rahbariyati metsenatlik faoliyati doirasida olingan metsenatlik madadi tarkibidan öz iş haqini şakllantirmaydigan, şuningdek u bilan boğliq biror-bir mulkiy yoki foydalaniş imtiyozlarini olmaydigan hollarda;
• metsenatlik faoliyati doirasida benefitsiarga körsatilgan madad benefitsiarlarning bellaşiş qobiliyatlarini oşiriş uçun foydalanilmasligi kerak.
 
Foto – mablağlarning maqsadli sarflanişi tasdiği

Hujjat qabul qilingan taqdirda benefitsiarlar bir oyda kamida bir marta OAV yoki öz veb-saytlarida olingan metsenatlik madadi haqidagi hisobotni e'lon qilişlari şart böladi. E'londa metsenatlik madadi olinişidan oldingi holat, şuningdek undan foydalanilgandan keyingi holat surati va/yoki videotasviri körsatilgan holda, olingan metsenatlik madadining qiymati, undan foydalaniş şartlari va natijalari keltiriladi.