Yoşlarning turli sohadagi savodxonligini oşirişga kömaklaşiş, kasb-hunarga örgatiş, jamiyatda öz örinlarini topişiga kömaklaşiş Respublika Yoşlar markazining asosiy maqsadlaridan biridir.
Özbekistonning turli hududlaridagi yoşlar uşbu markazlardagi çet tili (ingliz, rus, koreys) kurslari, ijodiy yönalişlar, kasb-hunarga örgatiş kabi 54 xildagi tögaraklarga bepul qatnaşişi mumkin. Taşkil etilgan har bir guruhda 20 nafar yoşlar bölib, dars maşğulotlari malakali hamda saviyasi yuqori bölgan tögarak rahbarlari tomonidan olib boriladi.

Respublika yoşlarining talab va istaklaridan kelib çiqib taşkil etilgan tögaraklarda 170 ming nafardan ortiq yoşlar darslarga qatnaşib kelmoqda. Mazkur tögaraklar öndan ortiq Mehribonlik uylarida ham taşkil etilgan.

Tögaraklarga qatnaşişni istagan 10 yoşdan 35 yoşgaça bölganlar özi istiqomat qilayotgan hududdagi «Yoşlar markazi»dagi tögaraklarga a'zo bölişi hamda mutlaqo bepul tarzda ilm, kasb-hunar örganişlari hamda sport bilan şuğullanişlari mumkin. Jismoniy imkoniyati çeklangan yoşlar uçun hududiy bölinmalarda sayyor tögaraklar ham taşkil etilgan. Tögarakdagi dars maşğulotlari har kuni 9:00 dan 18:00 gaça davom etadi.

Respublika yoşlar markazi iqtidorli bolalarni aniqlaş, ularning iste'dodi va mahoratini namoyon qilişlari uçun imkoniyat yaratiş, ma'naviy saviyasini yuksaltiriş, san'at va gözallikka bölgan intilişlarini kuçaytiriş, milliy san'at an'analari va yönalişlarini saqlab qoliş hamda rivojlantiriş maqsadida Respublika yoşlar markazi hududiy bölinmalarida taşkil etilgan «Tasviriy san'at» tögaraklari a'zolari örtasida «Yurtim yoşlari hayoti» nomli Respublika körik tanlovi taşkil etildi. Körik-tanlovning tuman (şahar), viloyatlarida öz ijodiy namunalari bilan ğolib bölgan 28 nafar yoş rassomlar 2018 yil 18 iyunda «Yoşlar ijod saroyi»da final bosqiçida iştirok etişadi.
















