Prezident FHDYo tizimi böyiça yangi qarorni imzoladi
|00:23 / 13.06.201846 88910 min
Foto: ÖzAFoto: ÖzA
Özbekiston Respublikasi prezidenti “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan e'lon qilingan.
Hujjat bilan quyidagilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş institutini yanada isloh qiliş sohasidagi davlat siyosatining asosiy yönalişlari etib belgilandi:
birinçi – vakolatli organlarda tuğiliş, ölim, nikoh tuziş va nikohdan ajraliş, familiya, ism va ota ismini özgartiriş kabi voqea hamda faktlarni keng qamrovli qayd etiş yöli bilan fuqarolarning şaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilişni ta'minlaş;
ikkinçi – eng muhim yuridik faktlarni qayd etmasdan qoldiriş oqibatlariga alohida e'tibor qaratgan holda aholining huquqiy savodxonligini oşirişga, huquqiy madaniyatini yuksaltirişga va jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlaşga qaratilgan keng qamrovli huquqiy tarğibot işlarini olib boriş;
uçinçi – FHDYo organlarining oila institutini mustahkamlaş, yoşlarni oilaviy hayotga tayyorlaş va oila ajralişlarining oldini oliş böyiça kompleks çora-tadbirlarda faol iştirok etiş;
törtinçi – FHDYo organlari faoliyatida aholiga davlat xizmatlarini körsatiş tartib-taomillarini yengillaştirişga, jumladan, vakolatli davlat organlari va taşkilotlariga bormasdan xizmatlar körsatilişiga, xizmatlarning sifati va tezkorligini oşirişga, eksterritoriallik prinsipi asosida arxiv ma'lumotnomalari va axborotini oliş imkoniyatini beruvçi fuqarolik holati yagona elektron arxivini şakllantirişga qaratilgan innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etiş;
beşinçi – fuqarolik holati yuridik faktlarini aniqlaş va ularni öz vaqtida qayd etiş borasida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etişni amalga oşiruvçi organlar mahalliy davlat hokimiyati, içki işlar, soğliqni saqlaş, vasiylik va homiylik, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari hamda ta'lim muassasalari bilan samarali hamkorlik qiliş;
oltinçi – mazkur sohada byurokratiya va korrupsiya yuzaga kelişining oldini olişga qaratilgan idoralararo elektron hamkorlikni kengaytiriş orqali, jumladan, olis joylardagi aholi punktlariga çiqqan holda (“mobil davlat xizmatlari”) davlat xizmatlari körsatişning maqbul va qulay uslublarini işlatiş;
yettinçi – FHDYo organlari tomonidan davlat xizmatlarini körsatiş jarayonida qulaylikni va şaffoflikni ta'minlaş, xodimlar tomonidan kasb etikasi qoidalari va funksional vazifalarga amal qiliş, fuqarolik holati dalolatnomalarini sifatli va tezkor qayd etiş, davlat boji va boşqa tölovlarning töğri hisoblanişi va undirilişi ustidan nazoratning yangi şakllarini, jumladan, masofaviy nazoratni joriy etiş;
Mavzuga oid
sakkizinçi – aholining davlat xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatini oşirişni nazarda tutgan holda davlat boji stavkalarini, gerb yiğimlarini va FHDYo organlari tomonidan körsatiladigan pullik xizmat tariflarini optimallaştiriş.
Hujjatda Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 13 apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oşirişda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF–5415-son Farmoniga asosan 2018 yil 1 iyuldan boşlab FHDYo organlarining huquqni qöllaş amaliyotini muvofiqlaştiriş, faoliyatini metodik ta'minlaş, “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritiş, FHDYoning hududiy arxivlariga rahbarlik böyiça vazifalar Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi zimmasiga yuklatilgan holda, FHDYo organlari tumanlar (şaharlar) hokimiyatlari tasarrufiga ötkazilganligi bildirilgan.
Majburiyatlarni muvofiq taqsimlaş va javobgarlik sohalariga asosan:
tumanlar (şaharlar) hokimlari FHDYo bölimlari va nikoh uylari (keyingi örinlarda – FHDYo bölimlari) faoliyati, moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, ular xodimlarining mehnatiga haq tölaş va moddiy rağbatlantiriş ustidan umumiy rahbarlikni amalga oşiradi;
tumanlar (şaharlar) hokimlarining örinbosarlari – tuman (şahar) xotin-qizlar qömitalari raislari oilani mustahkamlaş, ajrimlarning oldini oliş, tuğiliş va nikohni öz vaqtida qayd etiş, tarğibot va ma'rifat böyiça çora-tadbirlarni körişga şaxsan mas'ul hisoblanadi;
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining direktori FHDYo bölimlarida huquqni qöllaş amaliyotini samarali muvofiqlaştiriş, faoliyatini metodik ta'minlaş, “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimini texnik ta'minlaş va yuritiş, şuningdek, FHDYo arxivlariga rahbarlik qilişga mas'ul hisoblanadi;
tumanlar (şaharlar) FHDYo bölimlari mudirlari qayd qilinayotgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining qonuniyligi uçun şaxsan mas'ul hisoblanadi.
2018 yilning 1 iyulidan:
nikoh şartnomasini va aliment tölaş haqida kelişuvni notarial tasdiqlaganlik;
sudlar tomonidan otalikni tan oliş (belgilaş), bolaning u yoki bu onadan tuğilganligi, şuningdek, tuğilgan vaqti faktlarini aniqlaş töğrisidagi arizalarni körganlik uçun davlat boji undirilişi bekor qilinadi.
FHDYo organlarini, Özbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarini va fuqarolar yiğinlarini qat'iy hisobda turuvçi gerbli guvohnomalar blankalari bilan Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ta'minlaşning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.
Belgilab qöyilişiça, 2018 yilning 1 iyulidan boşlab:
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining maxsus ğaznaçilik hisobvarağiga gerb yiğimidan tuşadigan mablağlarning 40 foizi, şuningdek, FHDYo bölimlari tomonidan körsatiladigan pullik xizmatlar Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklarining maxsus taşkil qilinadigan ğaznaçilik şaxsiy hisobvaraqlariga yönaltiriladi va faqat FHDYo bölimlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş böyiça tadbirlari, xodimlarining uzoq muddat xizmat qilgani uçun iş haqiga ustama haq tölaş va martaba darajalari uçun qöşimçalariga, şuningdek, ularni moddiy rağbatlantirişga (lavozim maoşining va mukofotlarning 100 foizi miqdorigaça şaxsiy ustamalar) işlatiladi;
maxsus taşkil qilinadigan ğaznaçilik şaxsiy hisobvaraqlariga yönaltirilgan mablağlardan foydalaniş Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
2019 yilning 1 yanvaridan boşlab FHDYo organlari bilan tuğiliş
va ölim töğrisida elektron ma'lumotlar almaşişni yölga qöyiş, şuningdek, tuğiliş va ölim haqida yagona noyob kodli unifikatsiyalangan elektron ma'lumotnoma berişning yagona tartibini joriy qiladi;
2019 yil 1 yanvarga qadar fertil yoşidagi ayollarni hisobga oliş va homiladorlikning erta bosqiçidan çaqaloq tuğilguniga qadar hisobini olib borişning avtomatlaştirilgan axborot tizimini işlab çiqiş hamda uni “FHDYo yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qilişni ta'minlaydi.
Belgilanişiça:
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2018 yil 1 iyulga qadar FHDYo bölimlari tomonidan foydalanilayotgan bino va inşootlar qismini hamda ularga tegişli jihozlar, inventarlar, hujjatlar va boşqa mulklarning belgilangan tartibda tumanlar (şaharlar) hokimliklariga berilişini ta'minlaydi;
FHDYo organlari tomonidan foydalanilayotgan bino va inşootlarning bir qismi öz maqsadlarida foydalaniş uçun adliya organlarida saqlanib qolinadi;
tumanlar (şaharlar) hokimiyatlariga berilgan FHDYo bölimlarining bino va inşootlaridan keyinçalik boşqa maqsadlarda foydalaniş hamda ularni begonalaştirişga faqat Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan kelişilgan holda ruxsat beriladi.
Qayd etilmagan tuğilganlik, ölim holatlarini aniqlaş va keyinçalik ularni FHDYo organlarida qayd etilişini ta'minlaş böyiça tumanlar (şaharlar) hokimlari boşçiligida namunaviy tarkibda hududiy komissiyalar taşkil etiladi.
Hududiy komissiyalar:
2019 yilning 1 iyuliga qadar qayd etilmagan tuğilganlik, ölim holatlarini aniqlaş nuqtai nazaridan töliq xatlovdan ötkazsin, uning natijasida tuğilganlik, ölim holatlarining qonun hujjatlariga muvofiq manzilli qayd etilişini ta'minlaydi;
öz faoliyatida tuğilganlik haqidagi guvohnomasi mavjud bölmagan bolalarni aniqlaşga alohida e'tibor qilsin, bunda “Bironta ham bola qayd etilmasdan qolişi mumkin emas” va “Tuğilganlikni qayd etilişi – bola huquqlarini röyobga çiqarilişining va fuqarolik bölmasligini oldini olişning huquqiy asosidir” degan ezgu ğoyalarga amal qiladi.
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
keyinçalik “Yagona elektron FHDYo arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qiliş uçun FHDYo organlarida saqlanayotgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini raqamli körinişga ötkazilişini, yagona elektron FHDYo arxiv fondi şakllantirişni 2022 yil 1 yanvarga qadar tugatadi;
dalolatnomalar yozuvlari ma'lumotlarini “Yagona elektron FHDYo arxivi” axborot tizimiga kiritiş böyiça işlarni bajariş uçun yuridik şaxslar bilan pudrat şartnomalarini tuzadi;
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda 2018 yilning 1 sentabridan davlat boji, gerb yiğimlari va boşqa tölovlarni tölaşda elektron tölovlar (billing) mexanizmni tölaqonli joriy etiş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiradi;
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markazi va Içki işlar vazirligi bilan birgalikda 2019 yilning 1 yanvaridan bola tuğilganligi haqidagi guvohnoma qayd etilişida çaqaloqlarga jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqami berilişini amaliyotga joriy etadi.
2021 yilning 1 iyuliga qadar muddatda fuqarolik holati dalolatnomalarini raqamli körinişga ötkaziş, idoralararo elektron hamkorlik tizimini yaratiş uçun belgilangan tartibda şakllantiriladigan röyxat böyiça olib kiriladigan Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilmaydigan skaner qiliş qurilmalari, server va boşqa jihozlar hamda ehtiyot qismlar, butlovçi buyumlar bojxona tölovlaridan (bojxona rasmiylaştiruvi yiğimlaridan taşqari) ozod etiladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi