Prinston universiteti naşriyoti ilk bor Albert Eynşteynning yöl xotiralarini e'lon qildi. U 20-yillar boşida yozilgan bölib, öz içiga olimning turli xalqlar böyiça irqçilik kayfiyatidagi yozuvlarini qamrab oladi. Bu haqda Guardian xabar bermoqda. 

Kundaliklar fizik tomonidan Osiyo böylab 1922 yilning oktabridan 1923 yilning martiga qadar safarlari vaqtida yuritilgan. Ularda Xitoy, Yaponiya, Şri-Lanka va Hindistonda yaşovçi aholi böyiça yozuvlar bor.

Keyinçalik irqçilikni oq tanli insonning kasalligi, deb atagan Eynşteyn xitoyliklarga «işlaydigan, isqirt, befahm odamlar», deya baho beradi. Uning ta'kidlaşiça, «xitoyliklar ovqat paytida yevropaliklardek ötirmaydi, balki çökkalab oladi, bu örmonda boşqa işlarni qilişga öxşaşdir». Eynşteyn ular haqida fikr yuritib, şunday degan: «Öziga xos hayvonsifat millat, ular odamlardan köra, avtomatga köproq öxşaydi... Xitoyliklar boşqa millatlardan ötib ketsa, juda qayğuli böladi».

Fizik Tseylon aholisini kuzatib, mahalliy aholi «juda iflos va kuçli sassiq hidda yaşaşini» yozgan. «Ular kam işlaydi, hamda kam talab qiladi. Hayotning oddiy iqtisodiy sikli». Şu bilan birga, Eynşteyn yaponiyaliklarga nisbatan ijobiy baho bergan, ularni «kamtar, vijdonli, juda ajoyib odamlar» deb atagan.