Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda pokistonlik toliblar yetakchisi o‘ldirildi
Foto: EPA
Afg‘onistonda «Tahriq-a Tolibon Pokiston» radikal tashkiloti yetakchisi Mulla Fayzulla yo‘q qilindi. Bu haqda Tolonews manbalarga asosan xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, AQSh harbiy-havo kuchlarining uchuvchisiz uchar qurilmasi chorshanba, 13 iyun kuni Afg‘onistonning Pokiston bilan chegaraga yaqin hududiga zarba bergan. Natijada Fayzulla o‘ldirilgan. Bundan tashqari, guruhning yana to‘rt nafar qo‘mondoni yo‘q qilindi.
AQSh qurolli kuchlarining Afg‘onistondagi vakili, podpolkovnik Martin O`Donnel uchuvchisiz uchar qurilmadan berilgan zarba tufayli terrorchilik tashkiloti yetakchisi o‘ldirilganini tasdiqladi. Biroq, u gap aynan kim haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda toliblar vaqtinchalik sulhga qaramay, 17 nafar harbiyni o‘ldirgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:13 / 03.05.2026
Pokistonda 21 yil noqonuniy yashagan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
23:39 / 27.04.2026