Jahon | 17:35 / 15.06.2018
15406
2 daqiqa o‘qiladi

«LXR» qanday shartda Ukraina tarkibida qolishi aytildi

Foto: lug.gp.gov.ua

«Lugansk xalqaro respublikasi» («LXR») tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladislav Deynego «LXR» qanday shartda Ukraina tarkibida qolishini aytdi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Deynegoning so‘zlariga ko‘ra, «agarda Ukraina o‘zida kuch topib, o‘z vektorini 180 darajaga radikal tarzda o‘zgartirsa hamda Minsk kelishuvlarini amalga oshirish yo‘lidan ketsa, unda bunday holatlarda munosabatlarni tiklash bo‘yicha vaziyat rivojiga oid variantlar paydo bo‘lishi ehtimoli bor».

Shu bilan birga, uning aniqlik kiritishicha, gap, birinchi navbatda, Kiyev bilan shartnomaviy munosabatlar haqida ketmoqda.

«Ya'ni, gap biz tarkibida qoladigan davlat bilan munosabatlarda ma'lum bir mustaqillik darajasini saqlab qolishimiz haqida ketyapti. Biroq, bu davlatga kiritilgan mustaqil sub'yekt bo‘lishimiz mumkin», - deya aniqlik kiritgan Deynego.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ukrainalik general Rossiya hammasini qaytarishi haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid