Oxfam xalqaro xayriya taşkiloti Fransiya va Italiya hukumatlarini qoçqin bolalarga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölişda aybladi. Taşkilot hisobotida şu haqida ma'lum qilindi.

Unda yozilişiça, Italiyadagi byurokratiya tufayli qoçqin bolalar Fransiya bilan çegarada xavfli şart-şaroitlarda qolişmoqda. Şu bilan birga, fransiyalik çegaraçilar hujjatlar bilan boğliq muammolarni bahona qilib, kattalar hamrohligida bölmagan bolalarni ortga qaytarişmoqda. 

Oxfam ma'lumotlariga köra, kiçik yoşli migrantlar jismoniy va axloqiy zöravonlikka duç kelmoqda. Ularni qölga olib, suvsiz, ovqatsiz va issiqlik ötmagan kameralarga joylaştirişmoqda. Bundan taşqari, ular özlarining qonuniy vakillariga çiqiş imkoniga ega emas. Bu esa ham Fransiya, ham Yevropa qonunçiligiga ziddir.

Manbada ta'kidlanişiça, çegaraçilar bolalardan sim-kartalarni tortib olib, ularning poyabzali tagligini kesib, ortga piyoda qaytarişmoqda. 

2017 yilning iyulidan 2018 yilning apreligaça Italiya çegarasidan kamida 16,5 ming migrant kesib ötgan. Hujjatga köra, bular asosan Sudan, Eritreya, Suriya va Afğonistondan borgan migrantlardir. Ularning aksariyati Fransiya, Buyuk Britaniya, Şvetsiya va Germaniya tomon yöl olgan.

Oxfam — butun dunyo böyiça qaşşoqlikka qarşi kuraşayotgan 17 taşkilotdan iborat xalqaro birlaşma. Unga 1942 yilda Britaniyaning Oksford şahrida asos solingan. Taşkilot davlat tomonidan moliyalaştiradi, biroq xususiy şaxslar ham muntazam ravişda xayriya qilib turişadi.