Toşkent şahar bojxona boşqarmasi Toşkent moliya institutini joriy yilda tugallayotgan bitiruvçilar uçun yaqinda mazkur oliygohda navbatdagi uçraşuv taşkil qilindi. Bu haqda Toşkent şahar bojxona boşqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir avvalida yoşlarga Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 apreldagi “Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-5414-son Farmoni va “Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi PQ-3665-son qarorlarining mazmun-mohiyati haqida batafsil axborotlar berildi.

Xöş, endilikda bojxona tizimiga kimlar qabul qilinadi? Yoşlarni qiziqtirgan bu savolga uçraşuvda alohida javoblar berildi.
Demak, endilikda yoşi 30 dan oşmagan, oliy ma'lumotli (iqtisodiy, moliyaviy, yuridik, buxgalteriya, bank, bojxona işi, xalqaro munosabatlar, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar), jismonan soğlom, teran dunyoqaraşli, Özbekiston va jahon tarixi, adabiyotini, jahon geografiyasini biladigan, dunyodagi siyosiy va iqtisodiy jarayonlardan boxabar, xarakter jihatdan bosiq, yuksak axloq, odob va muomala madaniyatini öziga singdira olgan, harbiy xizmatni ötagan (harbiy kafedra, muddatli yoki safarbarlik çaqiruv rezervi), harbiy xizmatga ruhan va jismonan tayyor, respublikaning har qanday çegara hududlarida xizmatni davom ettiriş şartiga tayyor, bojxona xodimi degan nomga doğ tuşirmaydigan, xizmatni vijdonan va halol olib boradigan yoşlar qabul qilinadi.

Buning uçun ularning böyiga ham talablar qöyiladi. Masalan, yigitlar uçun böy 165 smdan, qiz bolalar uçun esa 160 sm.dan past bölmasligi lozim.












