Erta tongdan işga otlangan ona bugun negadir qizining maktabga şoşilmayotganidan xavotirlanib qoldi. Sekingina uning yoniga borib:

— Qizim, darsingga keçikayapsan, nega tayyorgarlik körmayapsan yoki tobing yöqmi?  

— Oyi, tobim-ku joyida, lekin har kuni sinfdoşlarim oldida izza bölaveriş jonimga tegdi. Uyalganimdan maktabga borgim yöq.

— Nima gap özi? Biror öquv quroling yöqmi?

— Yöğ-e, hamma narsam yetarli-yu, ammo maktabdan "qarz"larim köpayib ketibdi. Sinf rahbarimiz har gal öquvçilar orasida "qarzing­ni tölab qöy, ikki oydan beri pul bermaysan yoki kam ta'minlangan oilada yaşaysanmi? Jami qarzing 60 ming söm bölibdi, noinsof!", degan dağdağalari odamni maktabdan bezdirib yubordi. Aslida, biz öquvçilar har oy sinf fondi uçun 5 ming, "Oxrana" va sinfimizga biriktirilgan hududni obodonlaştiriş hamda sinfxonalarning "uborka"si uçun 5 ming sömdan pul berişimiz kerak. Men ikki oydan buyon "qarz" ekanman. Kamiga, yana 40 ming sömdan "remont" uçun pul berişimiz kerak ekan.

Bu gaplarni eşitgan ona qizining maktabdan qarzdor bölib qolganligi uçun uyalib, lom-mim deyaolmay qoldi. "Qöl sinsa, yeng içida, boş yorilsa, döppi tagida", deganlaridek, onaning könglidan nimalar keçayotgani yolğiz Xudoga ayon. Naçora, kimdandir qarz olib bölsa-da, ikki farzandining maktabdagi "qarz"ini tölaşi kerak.

Bunday gap-sözlarni köça-köyda köp eşitamiz. Xöş, aslida ham, maktablarda öquvçilar yuqoridagidek "xizmat"lar uçun pul tölaşi majburiymi? 

Mazkur mavzuda maqola tayyorlaş va real holatni örganiş maqsadida ijodiy guruhimiz bilan Samarqand şahridagi 63-umumiy örta ta'lim maktabiga yöl oldik. Uşbu ta'lim maskani ham boşqa maktablar singari  har xil masalalarda pul yiğiş "operatsiya"sidan mustasno emas ekan. Ya'ni, ta'mirlaş işlari uçun boşlanğiç sinf öquvçilaridan 30 ming söm, yuqori sinf öquvçilaridan esa 40 ming sömdan mablağ yiğilar ekan. Maktab hovlisiga kiraverişda sezdikki, har bir öquvçidan oyiga 5 ming sömdan yiğiştirib olingan bölsa-da, na "Oxrana" bor, na hudud obod.

Maktabning öquv işlari böyiça direktor örinbosarlari Gretta Gevorkyan hamda Nigora Ne'matovalarning aytişiça, maktabda 1 ming 724 nafar öquvçiga 88 nafar öqituvçi-pedagog ta'lim-tarbiya berib kelayotgan ekan. Maktab direktoridan ta'lim maskanidagi "pul yiğişlar" haqidagi holatga izoh berişini söradik.

— Xabaringiz bor, ötgan yil dekabr oyidan boşlab xalq ta'limi tizimida markazlaşgan buxgalteriya tizimi joriy etildi va bu, öz navbatida, xarajatlar smetasi yil boşida belgilanib, byudjyet taşkiloti maktablarni ta'mirlaş uçun mablağ ajratib bera olmayapti, – deydi 63-umumiy örta ta'lim maktabi direktori Surayyo Kuçkarova. — Vaziyatdan kelib çiqib, ota-onalar bilan kelişgan holda, komissiya tuzilib, maktabda tahsil olayotgan 1 ming 724 nafar öquvçidan 185 nafari SOS bolalar uyi tarbiyalanuvçilari hamda 103 nafari şahar hokimligi röyxatida turgan kam ta'minlangan öquvçilar ekanligi hisobga olinib, qolgan öquvçilardan "remont" uçun birovidan 15 ming, birovidan 20 ming sömdan pul mablağlari  yiğilmoqda. Siz aytganingizdek, 40 ming söm qat'iy belgilab qöyilgani yöq.