Ukraina taşqi işlar vaziri Pavel Klimkinning taxmin qilişiça, Rossiya futbol böyiça 2018 yilgi jahon çempionati vaqtida yaxşi niyat belgisi sifatida mahbuslarni özaro almaşişga qaror qilişi mumkin.

«Bunday holat ehtimoli bor, biroq bu yaxşi niyat belgisi emas, balki jahon çempionati vaqtida Rossiya imijini yaxşilaş maqsadida qilinişi mumkin. Musobaqadan biz foydalanişimiz lozim, ammo bundan keyin ham tegişli işlarni töxtatiş kerak emas», - deya Klimkinning sözlarini keltiradi FAN.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ jahon çempionati terrorçilar uçun yaxşi nişonga aylanişi mumkin ekani haqida bayonot bergandi.