Saudiya Arabistonida ayollarga mashina haydashga ruxsat 24 iyundan rasman kuchga kirgandan keyin saudiyalik ayollar qo‘shni Bahraynga yakka o‘zlari mashinada tashrif buyura olishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Saudiya Arabistonining Bayhrayndagi elchisi Abdulloh bin Abdulmalik Al Shayx ma'lum qildi.
“Saudiyalik ayollar 24 iyundan boshlab Saudiya Arabistoni va Bahrayn o‘rtasidagi qirol Fahd nomidagi ko‘prikni mashinada mustaqil kesib o‘ta oladilar, bahraynlik ayollar esa o‘z mashinalarida erkaklarsiz Saudiya Arabistoniga kela oladilar va qirollik hududi bo‘ylab yura oladilar”, deb ma'lum qilgan elchi.
2017 yilda Saudiya Arabistoni qiroli Salmon saudiyalik ayollarga mashina boshqarishga ruxsat beruvchi farmon qabul qilgandi. Ushbu farmon 24 iyundan kuchga kiradi.

















